Suriyada rejim askarlari Lazkiya qirlaridagi Turkmantog’iga hujum qilmoqda

Hududdagi portlash ovozlari Suriya-Turkiya chegarasining Turkiya tomonida joylashgan Hatay viloyati Yayladag’i tumaniga ham eshitilmoqda.

558444
Suriyada rejim askarlari Lazkiya qirlaridagi Turkmantog’iga hujum qilmoqda

Suriyada Beshar Asad rejimiga qarashli askarlar Lazkiya qirlaridagi Turkmantog’iga hujum qilmoqda.

Rejim kuchlari muxoliflar nazoratidagi qishloqlarga tongi soatlarda to’p va roketa bilan hujum qildi.

Hujumda Turkmantog’ida muxoliflar nazoratidagi yo’llar va harbiy hududlar nishonga olindi.

Hududdagi portlash ovozlari Suriya-Turkiya chegarasining Turkiya tomonida joylashgan Hatay viloyati Yayladag’i tumaniga ham eshitilmoqda.



Aloqador xabarlar