Eron majlis raisi Ali Larijani, Rossiya Hamedan havo bazasidan foydalanishga davom etmoqda...

Eron majlis raisi Ali Larijani, Rossiya o’lkaning  g‘arbidagi Hamedan shahid Nuje havo bazasidan foydalanishga davom etganini bildirdi.

557607
Eron majlis raisi Ali Larijani, Rossiya Hamedan  havo bazasidan foydalanishga davom etmoqda...

Eron majlis raisi Ali Larijani, Rossiya o’lkaning  g‘arbidagi Hamedan shahid Nuje havo bazasidan foydalanishga davom etganini bildirdi.  

Eron rasmiy agentligi IRNAning xabariga ko’ra, Eron majlis raisi Larijoni, majlisda  so’zlagan nutqida, o’lkadagi harbiy bir baza  Rossiyaning foydalanishiga qarshi bo’lgan 20 deputatning savollariga javob berdi.

Larjani, o’lkadagi hech bir harbiy baza boshqa o’lkaga berilmaganini ifoda etib, Tehron va Moskva orasidagi terror bilan kurash mavzusida hamkorlik qilinmoqda   bu esa mintaqadagi  Musulmonlarning manfaatiga ekanini mudofaa qildi.

Rus bombardimon samolyotlari Erondagi harbiy bazadan  holi hozir ham foydalangani borasida ma’lumot bergan Larijani, “Rus samolyotlari Hamedandagi harbiy bazani yoqilg’i olish maqsadi bilan foydalanmoda va buning  ham to’xtalishi kerak.” Dedi.

Eron Tashqi ishlar vaziri voizi Behram Kasimi esa  kecha uyushtirgan matbuoti anjumanida, Hemadandagi harbiy bazadan foydalangan rus samolyotlarining  operatsiyalari “hozirchalik”  yakunlandi deb ma’lum qilgan edi. Keyinchalik Rossiya mudofaa vazirligi voizi Igor Konaashenkov ham Eronning Hamedan harbiy bazasidan foydalangan samolyotlar vazifalarini yakunlab Rossiyaga qaytdi deb izoh etgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hamedan , #Harbiy , #Baza , #Rossiya , #Samolyot

Aloqador xabarlar