Suriyada Beshar Esad rejimi bilan YPG o'rtasida to'qnashuv

Suriya-Turkiya chegarasida Beshar Esad rejimi bilan PPKning Suriyadagi qo'li YPG o'rtasida to'qnashuv maydonga keldi.

555714
Suriyada Beshar Esad rejimi bilan YPG o'rtasida to'qnashuv

Suriyaning Turkiya chegarasidagi Haseke tumanida, Beshar Esad rejimi bilan PPKning Suriyadagi qo'li YPG o'rtasidagi to'qnashuvlarda 16 nafar begunoh inson bilan o'nlab terrorist o'ldirildi.

Hasekeda seshanba kunidan buyon davom etgan to'qnashuvda, rejim kuchlari harbiy samolyotlar va to'p kuchlaridan foydalanmoqda.

PYD terroristlari bo'lgan Nishve mahallasining g'arbida bir qarorgoh bo'lgan Sabah nazorat nuqtasi va Ez-Zuhur mahallasidagi o'q-doqi ombori nishonga olingan hujumda, 20 dan ziyod terrorist o'ldirildi.

PYD kuchlari esa Guveyran mahallasi va shahar markazida rejim qarorgohiga havodan to'plar va qurollar bilan hujum qildi.

Rejim zarar-ziyon mavzusida aniq bir ma'lumot bermas ekan, to'qnashuvlar bo'lgan hudud va atrofidan minglab kishi xavfsiz joylarga qochib ketmoqda.

Boshqa tomonda AQSh mudofaa vazirligi (Pentagon), Suriyada rejimga tegishli harbiy samolyotlarning Hasekeda PYDning nazoratidagi mahallalarni bombalashi oqibatida koalitsiya kuchlarining hududga yuborilgani bildirildi.

Pentagon, shuningdek rejimga oid samolyotlarning hujumidan keyin darhol Rossiya bilan aloqa o'rnatganini, Rossiyaning esa hujum uyushtirgan samolyotlarning o'zlariga tegishli bo'lmaganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #turkiya-suriya , #chegarasida , #to'qnashuv

Aloqador xabarlar