Yamanning shimolidagi Hajje shahrida joylashgan bir shifoxona portlatildi

Chegara bilmagan doktorlar tashkiloti tomonidan boshqarilayotgan shifoxonada 11 nafar bemor halok bo'lgan.

552842
Yamanning shimolidagi Hajje shahrida joylashgan bir shifoxona portlatildi

Yamanning shimolidagi Hajje shahrida joylashgan bir shifoxonaga havodan hujum qilingan.

Hujumda 11 kishi halok bo’lgan, 19 kishi yaralangan.

Bu shifoxona 2015 yilning iyul oyidan beri Chegara bilmagan doktorlar tashkiloti tomonidan boshqarilayotgan edi.

Chegara bilmagan doktorlar tashkiloti bu shifoxonada hozirgacha 4611 nafar bemorni davolagan.

Bundan tashqari, Aden shahrida Musulmon qardoshlar tashkilotining siyosiy ishlardan mas’ul Isloh partiyasining ikki vakili suiqasd natijasida hayotdan ko’z yumgan.

BMT ma’lumotlariga ko’ra, Yamanda 2014 yilning sentyabr oyida boshlangan qo’zg’alonda 6400dan ortiq aholi nobud bo’lgan, 2 yarim mln aholi uylarini tashlab qochishga majbur bo’lgan edi.

 



Aloqador xabarlar