Guantanamodan yana 15 nafar tutqun ko’chirildi

Barack Obama, o’z vazifasidan ketishdan oldin Guantanamo qamoqxonasini yopishni rejalashtirmoqda.

552692
Guantanamodan yana 15 nafar tutqun ko’chirildi

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi, Guantanamo qamoqxonasidagi tutqunlardan 15 nafarining, Birlashgan Arab Amirliklariga yuborilganligini e’lon qildi.

Ushbu ko’chirish, Prezident Obama davrida Guantanamodan bir vaqtning o'zida eng ko’p tutqun yuborilgan voqea bo’ldi.

Mudofaa vazirligi 12 nafari Yaman, 3 nafari Afg’oniston fuqarosi bo’lgan tutqunlarning Birlashgan Arab Amirliklariga ko’chirilishi bilan Guantanamoda qo’lgan tutqunlar sonining 61 nafarga tushganligini ma’lum qildi.

2001-yilning 11-sentabri kuni yuz bergan hujumlar ortidan “Al-Qoida va Tolibonga a’zo” degan iddio bilan ko’plab kishi nomi tilga olingan qamoqxonada tutqunda.

Obamaning Prezident etib saylanishi ortidan tutqun soni borgan sayin kamayib bormoqda.

Barack Obama, o’z vazifasidan ketishdan oldin Guantanamo qamoqxonasini yopishni rejalashtirmoqda.



Aloqador xabarlar