Yamanda, Husilarning nazoratidagi Hayda shahrida bir maktabga havodan hujum uyushutirildi

Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiya kuchlari, Yamanda, Husilarning nazoratidagi Hayda shahrida bir maktabga havodan hujum yushtirdi.

552046

Hujum natijasida 10 nafar bola qurbon bo'ldi. 

Chegara bilmagan shifokorlar uyushmasi, 28 bolaning esa tan jarohati olganini bildirdi.

Husilar va to'ntarilgan lider Ali Abdulloh Solih tarafdorlarining Taiz shahrida uyushtirgan hujumida esa 8 kishi nobud bo'ldi.

Qolaversa, hukumat kuchlari, terror tashkiloti Al Qoida faol bo'lgan Zenjebar shahrida nazoratni o'rnatganini bildirdi.

Terror tashkilotini hududdan tozazlash uchun harbiy operatsiyalar davom etmoqda.

Yaman, bir yildan ziyod, Saudiya Arabiston boshchiligidagi koalitsiyani dastaklagan hukumat tarafdori kuchlar bilan Husilar va to'ntarilgan lideri Ali Abdulloh Solih tarafdroalari o'rtasidagi to'qnashuvlarga guvoh bo'lgan.

Boshqa tomonda, Huslar bilan Solih partiyasi tomonidan vujudga keltirilgan Oliy Siyosiy Kengash, parlamentdan ishonch ovozi oldi.

Ishonch ovozi olgandan keyin so'zlagan Kengash rahbari Salis es-Samad Samad, parlamentning Kengashni qo'llab-quvvatlashining, siyosiy yechim jarayonini tezlashtirishini izohladi.

Aloqador xabarlar