Yamanda Ali Abdulloh Solih tarafdori 12 nafar jangari o'ldirildi

Yamanning Hajja viloyatida uyushtirgan havo hujumida, Husilar bilan to'ntarilgan rahbar Ali Abdulloh Solih tarafdori 12 nafar jangari o'ldirildi.

549995
Yamanda Ali Abdulloh Solih tarafdori 12 nafar jangari o'ldirildi
yemen hava saldırısı.jpg

Yamanda, koalitsiya kuchlarining o'lkaning g'arbidagi Hajja viloyatida uyushtirgan havo hujumida, Husilar bilan to'ntarilgan rahbar Ali Abdulloh Solih tarafdori 12 nafar jangari o'ldirildi.

Yaman qo'shini 5. Harbiy Hudud Informatsiya Markazidan berilgan yozma bayonotda, koalitsiya kuchlarining Hajjaga bog'li Harad shahrida Husilar bilan Solih tarafdorlarining nuqtalariga 4 havo hujumi uyushtirgani bildirildi.

Bayonotda, havo operatsiyalarida jangarlarda oid qurol ombori, tank va to'p bilan yig'ilish joyi nishonga olingani bildirildi.

Yaman va Saudiya  Arabiston o'rtasida eng muhim o'tish nuqtalaridan biri bo'lgan Harad shahri, tahminan bir yildan beri Husilar nazorati ostida.

Shaharda bir necha haftadan beri qo'shin kuchlari bilan Husi jangarlari o'rtasida to'qnashuv ro'y bermoqda.



Aloqador xabarlar