Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan bilan uchrashdi

Putin bilan Sarkisyan o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, tijorat va investitsiya masalalari hamda ba’zi mintaqaviy dolzarb muammolar muhokama qilingan.

549699
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan bilan poytaxt Moskvada uchrashdi.

Kremldan berilgan yozma bayonotga ko’ra, ikki davlat rahbari Kreml saroyidagi o’zaro uchrashuvdan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda, Vladimir Putin Armaniston bilan Ozarbayjon o’rtasidagi kelishmovchiliklarni o’zaro kelishgan holda bartaraf etish tarafdori ekanini tilga olgan.

Ma’lum bo’lishicha, Putin bilan Sarkisyan o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, tijorat va investitsiya masalalari hamda ba’zi mintaqaviy dolzarb muammolar muhokama qilingan.

Armanistonning poytaxti Yerevanda iyul oyida politsiya uchastkasiga sodir qilingan qurolli hujum va garovga olish holatlarini qoralagan Putinning aytishicha, Armaniston Rossiyaning eng muhim hamkorlaridan biridir.

Tog’liq Qorabog’ masalasiga alohida e’tibor berganini tilga olgan Putin, ikki qo’shni davlat o’rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish tarafdori ekanini tilga oldi.

“Armaniston va Ozarbayjon bilan to’g’ridan aloqa o’rnatib, Qorabog’dagi muammoni tubdan bartaraf etishga yordam berish uchun qo’limizdan kelgancha harakat qilishga tayyormiz. Armaniston va Ozarbayjon o’rtasidagi kelishmovchilikni ikki tomonning manfaati yo’lida bartaraf etish tarafdorimiz”,-deydi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

Armaniston Prezidenti Sarkisyan ham ikki davlat o’rtasidagi aloqalar ijobiy davom etganini ma’lum qildi.

Davlatlar o’rtasidagi aloqalarning rivojiga katta ahamiyat berganini tilga olgan Sarkisyan Tog’liq Qorabog’ masalasida ham batafsil fikr almashganini tilga oldi.

 



Aloqador xabarlar