Prezident Erdo'g'an Rossiyani ziyorat qildi

Rajab Toyyib Erdo'g'an, Anqara-Moskva aloqalarining do'stona va xavfsiz bo'lishini bildirdi.

548931
Prezident Erdo'g'an Rossiyani  ziyorat qildi

Rajab Toyyib Erdo'g'an, Anqara-Moskva aloqalarining takror do'stona va xavfsiz bo'lishini, ikki tomonli aloqalarning eskisidan ham yaxshi bo'lishini izohladi.

Erdo'g'an, Possiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Sant Peterburgdagi uchrashuvidan keyin mushtarak matbuot anjumani tartibladi.

Erdo'g'an, "Rus kaspdoshi bilan o'zaro va ko'p tomonli hamkorlikni rivojlantirish mavzusida kelishuv yo'li topganliklarini bildirib, uchrashularning bundan keyin ham davom etishini takidladi.

Prezident, Akkuyu Yadro Stansiyasiga strategik investitsiya statuyasi berilishini, Turk Oqimi kabi mushtarak loyihalarning ham tayyorlanishini takidladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham, Turkiya bilan aloqalarning, Noyabr oyi tushirilgan samolyot tarangligidan oldingi ahvolga qaytishiga ahamiyat berganliklarini izohladi.

Erdo'g'an bilan ijobiy bir uchrashuv o'tkazganini ifoda etgan Rus lider, o'rta muddatli bir dastur mavzusida kelishganliklarini izohladi.

Mavjud energiya loyihalarini hayotga tatbiq etish uchun aniq siyosiy qadamlar tashlash kerakligiga diqqat qaratgan Putin, tioriy hamkorlikning eng muhim bo'limini energiya sektorining tashkil etganiga to'xtalib o'tdi.

Prezident Erdo'g'an, 15 iyul to'ntaruv tashabbusidan keyin birinchi chet el ziyoratini kuni kecha Rossiyaga amalga oshirgan edi.

24 Noyabr kuni Rus samolyotining Turk havo maydonlarni paymol qilgandan keyin tushirilgandan beri Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birinchi marotiba yumza-yuz uchrashuv bo'lgani uchun alohida ahamiyatga ega ziyoratida Erdo'gan, Konstantinovski Saroyida ijobiy kutib olindi.

Ikki lider, uchrashuvlardan avval, dunyo diqqat qaratgan uchrashular mavzusida mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.

Putin, samolyot tarangligidan keyin aloqalar suslashgan bolsa ham, 15 iyuldagi to'ntaruv tashabbusidan keyin Erdo'g'anga qo'ng'iroq qilgan birinchi lider bo'lganini bildirib; "Rossiyaga xush keldingiz. O'zaro aloqalarimizni yakkama yakka muhokama qilish uchun bu imkoniyat yaratganingiz uchun tashakur" dedi.

Prezident Erdo'g'an esa ikki o'lka o'rtasida ijobiy yo'nalishda bo'lgan aloqalarni, tashlanadigan qadamlar bilan boshqa bir jarayonga olib borilishini izohladi.

15 iyul kuni Putinning qo'ng'iroq qilganidan mamnun bo'lganini ifoda etgan Erdo'g'an, kecha bo'lib o'tgan uchrashuv bilan hududdagi masalalarga yechim topishga ham hissa qo'shilishini takidladi.



Aloqador xabarlar