Turkiya Amerikadan to'liq hamkorlik kutadi

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin Amerika Qo'shma Shtatlaridan to'liq hamkorlik kutilganini izohladi.

545378
Turkiya Amerikadan to'liq hamkorlik kutadi

Prezidentlik voizi Ibrahim Kalin, Turkiyaning Fethullah terror tashkilotining rahbari Fethullah Gulenni Turkiyaga qaytarish mavzusida Amerika Qo'shma Shtatlaridan to'liq hamkorlik kutganini izohladi.

Kalin, Qatar media organi Al Jazira televideniyasiga began bayonotida, terror liderini Turkiyaga qaytarilishi uchun AQShga yana bir papka yuborilishini bildirdi.

Bu terroristni Turkiyaga topshirish uchun Amerika tomonining, ikki o'lka o'rtasida hamkorlik va shartnomalar doirasida to'liq hamkorik olib borganini ko'rishni istaganliklarini va umid qilganliklarini ifoda etgan Kalin, "Bu hamkorlik nazarga olinadigan bo'lsa, Gulenni Turkiyaga berish uchun Amerikaning qonuniy jarayonni boshlatishini istaymiz" dedi.

Gulen Turkiyaga topshirilmagan taqdirda o'zaro aloqalarga salbiy aks etishi haqiga ogohlantirgan Ibrahim Kalin, "Agar Gulen u yerda qoladigan bo'lsa, bu AQShning uni qo'riqlaganini tushuntiradi, Amerika esa Gulenga bosh pana berish sababini Turk xalqiga izoh etishga majbur" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar