BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon bolalarni urushda nobud bo'lishdan saqlab qolishga chaqirdi

Ban Ki Moon: “Global xavfsizlik muhiti tezkor ravishda o’zgarib bormoqda. Faqat, birgina haqiqat o’zgarmayotir. Haqiqat shuki, urushlarda aksariyati jabrlanganlar yosh bolalardir”

543800
BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon bolalarni urushda nobud bo'lishdan saqlab qolishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon BMT Umumiy kengashida so’zga chiqib, “Bolalar va qurolli to’qnashuvlar” nomli hisobotini e’lon qildi.

Ban Ki Moon: “Global xavfsizlik muhiti tezkor ravishda o’zgarib bormoqda. Faqat, birgina haqiqat o’zgarmayotir. Haqiqat shuki, urushlarda aksariyati jabrlanganlar yosh bolalardir”,-dedi.

Uning aytishicha, to’qnashuvlarda bolalar nishonga olinmoqda, ishkanjaga uchramoqda, jinsiy zo’rlanmoqda, majruh bo’lmoqda, qamoqqa olinmoqda, ochlikka mahkum qilinmoqda, qiynoqqa solinmoqda va o’ldirilmoqda.

Ban Ki Moon: “Bolalarning ilm darhohi bo’lgan maktablar vayron qilinmoqda. Iroq, Nigeriya, Somali, Janubiy Sudan, Suriya va Yaman kabi davlatlarda bolalar jahannam azobida yashamoqda”,-dedi.

Ban Ki Moon: “Bu insonlarning vatanidan judo bo’lishining asl sababini topib, bunga chora topishimiz kerak”,-dedi.

Shuningdek, 19 sentyabr kuni Amerikaning Nyu York shahrida BMT qochqinlar va ko’chmanchilar sammiti o’tkazilishini eslatgan Ban Ki Moon, sammit ishtirokchilarini butun dunyoda bolalarni himoya qilishga qaratilgan fikr va tavsiyalari bilan qatnashishga chaqirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Ban Ki Moon , #bolalar , #urush , #hisobot , #Nyu York , #Amerika

Aloqador xabarlar