Turkiya nazaridan yaqin sharq 31-qism

15 iyul kuni uyushtirilgan muvaffaqiyatsiz to'ntaruv tashabbusi g'arb tomonidan farqli aks ettirilmoqda.

542616
Turkiya nazaridan yaqin sharq 31-qism

Turkiyada 15 iyul kuni boshlatilgan muvaffaqiyatsiz to’ntaruv tashabbusi bilan aloqali ikki mavzuda bahs etamiz. Birinchidan, to’ntaruv tashabbusi nima uchun muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Ikkinchidan, to’ntaruvga qarshi xalqning irodasi bilan G’arb davlatlaridagi ikki yuzlamachi siyosatga to’xtalib o’tamiz. 15 iyul kuni to’ntaruv tashabbusiga guvoh bo’ldik. 1970 yillardan boshlab davlatni o’z nazoratiga olish maqsadi bilan Fethullah terror tashkiloti muntazam shakilda davlat organlariga joylashishga boshlagan. Kuchli bo’lganiga ishongan tashkilot, birinchi bo’lib 2002 yil 7-fevral kuni faoliyatga o’tgan. Tashkilot a’zosi bir bosh prakuror yana sud organiga kirgan, bu prakuror tashkilot a’zosi xodimlarning dastagi bilan Razvetka Maslahatchisini qo’lga olish uchun so’roqqa tutgan. Aslida bir maslahatchi orqali u davr bosh vazir bo’lgan Rajab Toyib Erdo’g’anga qarshi bir operatsiya o'tkazish edi. Bu doirada 2013 yil bir necha operatsiyalar o’tkazdi. Turk xalqining zehniga o’lkada poraxo’rlik va qalbaki ishlar bor kabi tushunchalar uyg’otib, adliy orgalar va xavfsizlik tashkilotlarida faoliyatga o’tgan. Maqsadlari sudni to’ntarub Erdo’g’an hukumatini bartaraf qilish edi. Bunga muvaffaq bo’la olmadilar.

Davlat organlaridan foydalanib rejimdagilarni gij-gijlab hukumatni to’ntarishni tashkilotning davlatga kirgan a'zolarini tozalash uchun hukumat faoliyatga o’tdi. Bu marotiba harbiy to’ntaruv bilan davlatni qo’lga olmoqchi bo’lganlar. Vaziyatning o’zlari uchun salbiy bo’lganini ko’rgach sistemadan tashqarida qolishga qaror bergan. Buning uchun qo’shin bilan birga turli tashkilotlarda faoliyatga o’tgan. 2016 yil 15 iyul kuni harbiy to’ntaruv bilan hukumatni to’ntarib boshqaruvga o’tishni mo'ljallagan. To’ntaruvning muvaffaqiyatsiz bo’lishining eng muhim sababi, 15 iyul kuni kirishuvini boshlatgan Fethullah terror tashkiloti a’zolari xalqning dastagidan mahrum edi. Bu tashabbus ijtimoiy jihatdan qabul qilinmagan. Qarshisida esa 2002 yildan beri saylovlarda davomli ovoz nispatini orttirgan bir siyosiy partiya va xalq dastaklagan kuchli bir davlat rahbari bo’lgan. Shuningdek, AK Partiya davrida qo’lga kiritilgan iqtisodiy imkoniyat va moliyaviy rivojlanishi natijasida kuchlanib o’rtaga chiqgan o'rta tabaqa bor. Bu tabaqa zumda millionlar shaklida ko’chalarga oqim etdi.

Bundan oldin to’rt marotiba harbiy to’ntaruvni boshidan o’tkazgan o’lkada bu bir ilk. To’ntaruvning muvaffaqiyatsiz bo’lishining boshqa sababi esa, to’ntaruvchilar qo’shin ichidan yuqori darajali qo’mondonlardan dastak olmagan. Bular asosan davlat organlariga kirgan Fethulloh terror tashkilotining faoliyati edi. Qo’shinda muhim o’rinlarda bo’lganiga qaramay, vaziyatni hukm eta olmagan. Shuningdek politsiya tashkiloti ham ularga qarshi edi. Turkiyada xalqning ko’chalarga chiqib to’ntaruvga to’sqinlik qilishi va o’zini tanklarning odliga tashlashi oltin harflar bilan yoziladigan bir tarix. G’arb davlatlari, xalqning irodasini ko’rmasdan kelmoqda. Buning o’rniga Turk davlatining to’ntaruvchilarga qarshi izlagan uslubiga to’xtalmoqda. Bu yerda demokratik vaziyat bahs mavzusi ekan “G’arbli bo’lmagan bir millatning demokratiya kamchiligi” degani diqat tortmoqda. Go’yoki “Nima qilsangiz qiling, demokratiya sinovidan o’ta olmaysiz” degan uslubdalar. Turkiyada uzoq muddatdan beri harbiy hukmronlik bo'lgan. 15 iyul kuni xalq demokratiya uchun maydonlarga chiqdi. Bu, G’arb matbuotida nazardan chetda qoldi. Milliy irodani qo’llab-quvvatlagan xalq jinoyatchi kabi ko’rsatilmoqda. G’arb davlatlari to’ntaruv tashabbusining muvaffaqiyatsizligiga achinar ekan, ayni damda mantiqli harakat qilgandek ko’rinmoqda. Ularga ko’ra Rajab Toyib Erdo’g’anning ham maqsadi diniy davlat edi. Erdo’g’an 2013 yili amalga oshirgan Shimoliy Afrika safarida esa, ziyorat qilgan o’lkalarni dunyoviylikka chaqirgan bir lider.

BBC va The Independent kabi media tashkilotlari go’yoki Erdo’g’anga qarshi bir propaganda olib bormoqda. Hattoki bir BBC mulohazasichi “Erdo’g’anni o’ldirilmaslik to’ntaruv tashbabbusining bir xatosi” bo’lganini ifoda etish jasoratini ko’rsatgan. G’arblik vakillar va xalqaro tashkilotlarning ulsubi ham mediadan farqli emas. Demokratiya darsi berga Turk xalqining nomi yo’q. Muvaffaqiyatsiz to’ntaruv tashabbusidan keyin davlatning 250 insonning hayotiga zomin bo’lganlardan qanday  hisob so’rashi muhokama qilinmoqda. AQSh va Yevropa Ittifoqi a’zosi davlatlarning ko’pi terrordan shubxalangan insonlarning aniq aybi bo’lmasdan turib nazoratga olish va qamoqga solish qonuniga egi. Turk xalqining milliy irodani qo’llab-quvvatlashi mana shu haqiqatni ham maydonga chiqardi. G’arbning Yaqin sharqda izlagan ikki yuzlamachi siyosatlari, oliy axloqiy qadriyatlarga ega bo’lganini da’vo etib aslida qorong’u vodilardan tug’ganini ko’rsatmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar