Rossiyada 340000 askardan iborat milliy gvardiya tuzilmoqda

Milliy gvardiya 2018 yildan e’tiboran to’g’ridan Prezident Vladimir Putinning xizmatida bo’ladi.

543171
Rossiyada 340000 askardan iborat milliy gvardiya tuzilmoqda

Rossiyada 340000 askardan iborat milliy gvardiya tuzilmoqda.

Milliy gvardiya 2018 yildan e’tiboran to’g’ridan Prezident Vladimir Putinning xizmatida bo’ladi.

Rossiya Milliy gvardiyasining yangi bosh qo’mondoni Viktor Zolotov Interfax xabar agentligiga intervyu berdi.

Intervyuda 340000 askar o’rin olgan milliy gvardiyani tashkil qilish uchun yil oxirigacha Ichki ishlar vazirligi, maxsus kuchlar, havo kuchlari va boshqa bo’limlardan saralangan askarlar tanlab olinishi ma’lum qilindi.

“Ikkinchi bosqichda ya’ni, 2017 yilning avgust oyigacha milliy gvardiyaning tarkibi, vazifalari va huquqiy normalari belgilab olinadi. Uchinchi bosqichda esa, ya’ni, 2018 yilga kelib, milliy gvardiya yakka reja asosida harakat qiladigan xavfsizlik kuchlariga aylanadi”,-deya ma’lum qiladi Milliy gvardiyaga bosh qo’mondon etib tayinlangan Viktor Zolotov.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga to’g’ridan itoat qiladigan Milliy gvardiya aprel oyida tashkil qilina boshladi.

Eslatma: Putin avvalroq milliy gvardiyaning vazifasi terrorizm, uyushgan jinoyatchi to’dalar va giyohvand moddalarga qarshi kurashdan iborat bo’lishini ma’lum qilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar