Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy AQSh Harbiy Bosh shtab raisi Joseph Dunfordni qabul qildi

Qabul chog'ida Musulni terroristlardan tozalash operatsiyasi, terrorizmga qarshi kurash bo'yicha xalqaro koalitsiyaning Iroqqa ko’rsatgan yordamlari va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

541843
Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy AQSh Harbiy Bosh shtab raisi Joseph Dunfordni qabul qildi

Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy Bog’dodga kelgan AQSh Harbiy Bosh shtab raisi Joseph Dunford va hamrohligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bayonotga ko’ra, bugun kutilmaganda Iroqqa jo’nab ketgan AQSh harbiy delegatsiyasi bilan Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvlarda, Musulni terroristlardan tozalash operatsiyasi, terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasining Iroqqa ko’rsatgan yordamlari va xavfsizlik kuchlarining malaka oshirishida Amerikaning ko’rsatgan yordamlarini kelgusida yanada kuchaytirish masalalari ko’rib chiqildi.

AQSh Harbiy Bosh shtab raisi Joseph Dunford terroristlarning qo’lidagi hududlarni qutqarish uchun Amerikaning yordamlari davom etishini va terrorizmga qarshi kurash xususida butun ehtiyojlar ta’minlanishini ma’lum qildi.

AQSh Harbiy Bosh shtab raisi Joseph Dunford va AQSh delegatsiyasi Iroq safarini yakunlab Turkiyaga tashrif buyuradi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ertaga AQSh Harbiy Bosh shtab raisi Joseph Dunfordni qabul qiladi.

Bosh vazirlik manbalari ma’lum qilishicha, Binali Yildirim bilan Joseph Dunford ertaga Chankaya ko’shkida uchrashadi.



Aloqador xabarlar