DAISh Iroqning Kerkuk shahridagi neft quvuri va gaz to’ldirish stansiyasini portlatdi

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, portlash oqibatida 9 kishi hayotdan ko’z yumdi.

541771
DAISh Iroqning Kerkuk shahridagi neft quvuri va gaz to’ldirish stansiyasini portlatdi

Terror tashkiloti DAISh Iroqning Kerkuk shahridagi neft quvuri va gaz to’ldirish stansiyasini portlatdi.

Portlash oqibatida 9 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Kerkuk shahrida “Bay Hasan” neft quvuri bilan “Bay Jivan” gaz to’ldirish stansiyasiga kelgan 5 nafar DAISh terroristi yonidagi bombalarni portlatib yuborgan.

Terroristlar dastlab gaz to’ldirish stansiyasida 4 ishchini o’ldirgan.

Neft quvuridagi portlashdan so’ng yuzaga kelgan kuchli yong’in hamon butunlay o’chirilmagan.

Kerkuk shahar markazining taxminan 20 km janubida joylashgan neft quvuri va gaz to’ldirish stansiyasining xavfsizligi mahalliy jangchilar bilan politsiya xodimlari tomonidan ta’minlandi.

 



Aloqador xabarlar