Turkiya nazaridan yaqin sharq 29-qism

AQSh va Buyuk Britaniya Yaqin Sharqqa hujum uyushtirish uchun noto'g'ri sabablar ilgari surdi!

533578
Turkiya nazaridan yaqin sharq 29-qism

13 yil burun Buyuk Britaniya, AQSh boshchiligida o’tkazilgan operatsiyaning  ikkinchi unsuri sifatida Iroq ishg’olida katta hissa qo’shgan. Buni qonuniylashtirish uchun ham AQSh ham Britaniya noto’g’ri dalillarga tayangan. U davr Britaniya Bosh Vaziri Tony Blair, tashqi siyosatda maqsadlariga muvaffaq bo’lish uchun shiddatdan bosh tortmagan (neo-conlarin) faol bo’lgan George W. Bush rahnamoligidagi Amerka boshqaruvining kun tartibida harakat qilgan. Bu qarorni berar ekan Blair o’z partiyasining ogohlantiruvlari va ommaviy jamoatchilikning norozichiligini inobatga olmagan. Britaniya, Amerika boshchiligidagi ishg’olga 3 mingdan ziyod harbiy xizmatchi bilan qatnashgan. Bu jang 179 Ingliz askarining hayotiga zomin bo’lgan. Operatsiylardan keyin Iroqda sodir bo’lganlar va noto’g’ri sabablarni urushni rasmiy ko'rsatish uchun ilgari surilgani maydonga chiqgach, Blair hukumatiga qarshi norozichliklar yana ham avjiga ko’tarilgan. U davr muxolifat liderlari va kuchdagi Ishchi Partiyasidan ayrim deputatlar, Britaniyaning Iroq jangiga  qo’shilish jarayonini tekshirishni talab qilgandir. Tony Bleir vazifadan ketgach uning o’rniga kelgan Gordon Brown, hukumatda besh kishilik bir tadqiqot komissiyasi vujudga keltirishga qaror qildi. John Chilcot rahnamoligidagi komissiya 2001-2009 yillari orasidagi voqealarni tekshirib chiqdi. 10 million sterlin sarf etilgan komissiya faoliyatlari chog’ida voqealar paytida sobiq Bosh Vazir Tony Blair, Gordon Brown va ayrim sobiq vazirlar, yuqori darajali harbiy xizmatchilar bilan razvetka ham bo’lib 150 dan ziyod kishining ifodasi olindi. 150 mingdan ziyod rasmiy hujjat tekshirib chiqildi. Bir yil ichida chop etilishi kutilgan hisobot 7 yil surgan. Hisobot bilan vaqtni cho'zishning, Ingliz Tashqi Ishlar Vaziri bilan Bush o’rtasidagi telefon suhbatini buni hammaga fosh qilgan Tergov komissiyasi, Chilcot hisobotida ilgari surilgan sabablar bilan maydonga chiqarildi; “Britaniyaning Iroq siyosati yetarsiz razvetka ma’lumotlariga tayanmoqda. Urushdan oldin boshqa yo’llar ham bo’lgan. Shuning uchun Britanining jangga qo’shilishi to'g'ri emas. Operatsiyalar keyinchalik bo’lishi mumkin edi. Lekin 2003 yilgi shartlarda Saddam Huseyin bir tahdit tashkil etmagandir. Iroqdagi ommaviy qirg’in qurollarining xavf tashkil etgani haqida da'volar ham noto'g'ri.

Urushdan keyin Iroq barqarolik bo'lmagan va ziddiga terrorni qizishtirgan. Bu da’volarga qaramay tahmin etilgan bir o’zgarshdir. Iroqda operatsiyadan keyin maydonga keladigan ichki nizoh va Al Qoidaning hududda faol bo’lish e’htimoli u davr bosh vaziriga bildirilgan. Tony Blair nima ham bo’lisa AQSh bilan bu jangga kirishni Bushga bildirgan edi. Iroqdagi ishg’oldan keyin yuzminglab kishi hayotini yuqotgan va millionlab inson uyi-joyidan badarg’a bo’lgan. Chilcot hisobotida, ishg’oldan oldin qayg’usini tilga olganlar va bunga qarshi bo’lganlar haqli chiqdi. Mana hozirgi kunda Iroqda vaziyat mushkul va muvaffaqiyatsiz bir davlat ko'rinishida. Shuningdek Yaqin Sharq qon ko’liga aylangan vaziyatda. 2003- yili boshlatilgan so’zda terrorga qarshi kurashga qaramay hudud yana ko’p terrorist guruhlar makoniga aylangan. Iroqdagi ishg’ol Al Qoidaning hududda yana chuqur joylashishiga olib kelgan. Undan chiqgan parchalar DAIShni vujudga keltirgan. DAISH faqat hududda emas. Parijda ko’ringani kabi dunyo bo’ylab hujumlar uyushtirmoqda. Umuman qaraganda Musulmon georafiyasida xususi qaraganda esa Yaqin Sharqda yaratilgan umidsizlik va chorasizlik muhiti Al Qoida va DAISHning farqli joylardan yosh insonlarni o’z safiga jalb qilgan unsur bo’lgan. Endi bilamizki har kim shamol yuborsa bo’ron qayratib oladi. Kurraviy terrorga qarshi kurashni da’vo qilib huquqni oyoq ostiga olish natijasida shiddat maydonga chiqmoqda. Iroqning ishg’oli faqat Iroqni emas, hududni shakillantirishni istagan davlatlarni ham terror tahditi bilan qarama-qarshi qilgan. Hozirgi kunda Al Qoida va DAISH kabi tashkilotlarning kimlarning vujudga keltirgani fosh bo'lgandir. Huquq ustunligi faqat G’arb davlatlarining manfaatlari uchun bo'lishdan chiqarish kerar va xalqaro maydonlarga ham aks ettirish zarur. Bu esa Al Qoida va DAISH kabi tashkilotlarning vakillarini adolatga javob berishi bilan amalga oshadi. Hamma qilmishining jazosini tortishi kerak.



Aloqador xabarlar