Fransiyaning janubidagi Nice shahrida milliy bayram fojiaga aylandi

Fransiyaning milliy bayrami nishonlanayotgan maydonda bir yuk transportining olomon ichiga bostirib kirishi va haydovchining olomonga qarata o’q uzishi oqibatida 84 kishi hayotdan ko’z yumdi.

529661
Fransiyaning janubidagi Nice shahrida milliy bayram fojiaga aylandi
fransa saldırı2.jpg
fransa saldırı1.jpg
fransa saldırı2.jpg
fransa saldırı1.jpg

Fransiyaning janubidagi Nice shahrida 14 iyul milliy bayram tantanalari fojiaga aylandi.

Bayram shodiyonalari bo’lib o’tayotgan maydonda bir yuk transportining olomon ichiga bostirib kirishi va haydovchining olomonga qarata o’q uzishi oqibatida 84 kishi hayotdan ko’z yumdi.

Voqea joyida 15 metrlik yuk transporti soatiga 90 km tezlik bilan 2 kmgacha olomon ichiga bostirib borgan va qotil haydovchi atrofda sarosimaga tushgan olomonga qarata o’q uzgan.

Qurbonlarning aksariyati mana bu jarayonda yuzaga kelgan.

Voqea joyida 100 dan ziyod inson jarohatlangan, bulardan 47 nafari og’ir ahvolda.

Xavfsizlik kuchlari atrofga o’q uzayotgan vahshiy qotilni voqea joyida otib o’ldirdi.

Shaharda ehtimoliy terror hujumlarini oldini olish maqsadida nazorat kuchaytirildi.

Ma’lum bo’lishicha, yuk transportida ko’plab qurol-aslaxa va o’q-dori bo’lgan.

Bu voqea shaharda katta vahimaga sabab bo’ldi.

Voqea joyiga yaqin masofada bo’lgan insonlar atrofdagi kafe va restoranlarga kirib yashirinishgan.

Politsiya xodimlari aholini uylaridan chiqmaslik bo’yicha ogohlantirmoqda.

Ushbu qotillik yuzasidan Fransiya Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tergov yuritmoqda.

Qotil haydovchining shaxsiga doir ma’lumotlar yuk transportidagi hujjatlar asosida aniqlandi.

31 yoshda bo’lgan tunislik qotil Nice shahrida istiqomat qilgan va oldin ham bir qancha jinoyatlarga aralashgani aniqlangan.

Avignonda dam olayotgan Fransiya Prezidenti Fransua Ollande voqea tufayli poytaxt Parijga qaytdi va Bosh vazir Manuel Valls hamda vazirlar kengashi a’zolari bilan favqulodda yig’ilish o’tkazdi.

Elysee saroyidan fransuz xalqiga hitob qilgan Ollande Fransiya takror vahshiy jinoyatga guvoh bo’lganini aytib, butun Fransiya terror xavfi ostida ekanini bildirdi va xalqni ogohlikka chaqirdi.

Terrorizmga qarshi kurashda yangi davr boshlanganini eslatgan Ollande: “Bor kuchimiz bilan harakat qilib, mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlaymiz”,-dedi.

Fransiya Prezidenti ma’lum qilishicha, mamlakatda 26 iyulda yakunlanishi rejalangan favqulodda holat jarayoni yana 3 oyga uzaytirildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Nice , #terror , #hujum , #qotillik , #haydovchi , #fojia

Aloqador xabarlar