Fransiyada uch kun milliy motam e’lon qilindi

Fransiya Prezidenti Fransua Ollande 84 kishining hayotiga zomin bo’lgan terror hujumidan so’ng, Nice shahriga yetib bordi.

530168
Fransiyada uch kun milliy motam e’lon qilindi

Fransiyada 84 kishining hayotiga zomin bo’lgan terror hujumidan so’ng, Fransiya Prezidenti Fransua Ollande Nice shahriga jo’nab ketdi.

Voqea joyida tekshiruv olib borgan prezident matbuotga bayonot berdi.

Ollande: “Bu Fransiyaga qastdan sodir qilingan hujumdir. Oldimizda mashaqqatli urush turibdi”,-dedi.

Xavfsizlik kengashida olingan qarorlar haqida ma’lumot bergan Prezident Ollande: “Sodir bo’lgan hoin jinoyatning oqibatlarini ko’zdan kechirdik. Bu terror hujumi nima uchun 14 iyul kuni sodir bo’ldi, chunki ushbu kun erkinlikning ramziga aylangan kun edi. 84 inson halok bo’ldi. Yana o’lim panjasida turgan 50 kishi bor”,-dedi.

 Terroristlar erkinlikka intilgan insonlarni nishonga olganini tilga olgan Fransiya Prezidenti Fransua Ollande: “Terrorizmga qarshi kurashimizdan aslo voz kechmaymiz. Butun dunyo Fransiyaning kuchli davlat ekanini biladi. Terroristlarga nisbatan kuchli ekanimizni ko’rsatamiz”,-dedi.

Fransiya Bosh vaziri Namuel Valls ham terror hujumi ortidan bugun ilk marta matbuotga bayonot berdi.

“Agar bir yoqadan bosh chiqarmasak, Fransiya terrorizmga mag’lub bo’lishga majbur bo’ladi”,-deydi Fransiya Bosh vaziri Namuel Valls.

Fransiya Bosh vaziri Namuel Valls: “Mamlakatda uch kun milliy motam e’lon qilindi. Buni yengib o’tamiz. Terrorizmga bo’yin egmaymiz”,-dedi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Nice , #terror hujumi , #terrorizm , #motam

Aloqador xabarlar