Umar al-Shishoniy o’ldi

Qo’shma Shtatlarning Xazina vazirligi 2014-yili Shishoniyni, “jahon terroristlari” ro’yhatiga kiritib, u haqida ma’lumot berganlarni 5 million dollar mukofat bilan taqdirlash haqida va’da bergan edi.

528999
Umar al-Shishoniy o’ldi

DEASh terror tashkiloti qo’mondonlaridan Umar al-Shishoniy, Iroqning Musul shahri atrofidagi to’qnashuvlardan birida o’ldi.

Ushbu axborot, tashkilotga yaqin “Amak” axborot agentligi tomonidan tarqatildi.

Agent Shishoniyning Musulda, Iroq qo’shini o’rtasida kelib chiqgan to’qnashuvda o’lganligini ma’lum qildi lekin o’lgan kuni va batafsil ma’lumotga o’rin bergani yo’q.

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi, Shishoniyning Suriyada, 4-mart kuni uyushtirilgan havo hujumida nishonga olinganligini ma’lum qilgan edi.

Gruziya fuqarosi bo’lgan Shishoniy tashkilot tarkibida “Urush vaziri” degan laqab bilan tanilar edi.

Qo’shma Shtatlarning Xazina vazirligi 2014-yili Shishoniyni, “jahon terroristlari” ro’yhatiga kiritib, u haqida ma’lumot berganlarni 5 million dollar mukofat bilan taqdirlash haqida va’da bergan edi.

Shuningdek Iroqning Musul shahri bilan birga poytaxt Bog’dodda uyushtirilgan bombali hujumda 4 nafari harbiy va 1 nafari jurnalist bo’lish bilan birga jami 10 kishi halok bo’ldi.    



Aloqador xabarlar