Qochqinlar sayohati yana fojia bilan yakunlandi

Fojia ortidan qochqin yo'lovchilarni qidiruv va qutqaruv faoliyati davom etmoqda.

528747
Qochqinlar sayohati yana fojia bilan yakunlandi

Gretsiyaning sohil nazorati xodimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, Gretsiyaning Lesbos orolidan uzoq nuqtada, 11 nafar qochqinni olib ketayotgan puflangan qayiq birdaniga cho’kib ketdi. Oqibatida 4 kishi jon berdi. Jon berganlardan 1 nafarining chaqaloq, 1 nafarining esa yosh bola ekanligi ma’lum bo’ldi.

Qidiruv va qutqaruv amaliyoti natijasida bugungacha 4 kishi qutqarilar ekan 4-5 yoshlar chamasidagi bir qizaloq, bir chaqaloq, bir ayol kishi bilan bir erkak kishining ham jasadi topildi.

Yevropa ittifoqi chegara agentligi Frontexga oid bir kema bilan Gretsiya qo’shiniga oid bir harbiy vertolyotning ham ishtirokida qutqaruv faoliyati davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Lesbos oroli , #Gretsiya , #qochqin yo'lovchi

Aloqador xabarlar