Isroil, G’azoga transportlarning kirishiga ruxsat bermoqchi

Agar bu kelishuvga amal qilingudek bo’lsa unda transportlar G’azoga, Erez chegara tekshiruv punkti orqali kiradi.

527829
Isroil, G’azoga transportlarning kirishiga ruxsat bermoqchi

Isroil 2007-yildan beri birinchi marotaba G’azoga transport kirishiga ruxsat bermoqchi.

Falastin Boshqaruvi Fuqarolik ishlar vazirligi Axborot mudiri Muhammad al-Muqaddimaning Anadolu agentligiga bergan ma’lumotiga ko’ra, vazirlik olib borgan faoliyatlar natijasida Erez chegara tekshiruv punkti orqali transportlarning kirishiga ruxsat berilishi uchun Isroil rahbariyati bilan kelishib olingan.  

Payshanba kuni ba’zi avtomobil transporti bilan avtobuslarning G’azoga kirajagini ifodalagan Muqaddima, nechta transport kirajagi haqida esa hech qanday ma’lumot bergani yo’q.

Mavzu haqida Isroil tomonidan hech qanday izohot berilmas ekan, kelishuvga amal qilingudek bo’lsa unda 2007-yildan beri faqatgina chet el pasportiga ega va favqulodda holatlardagi insonlarning o’tishi uchun foydalanilgan Erez chegara tekshiruv punkti orqali G’azoga birinchi marotaba transport kiradi.

Isroil tomonidan 2006-yildan beri qamal ostida tutilgan G’azoda, Karm Abu Salim chegara darvozasidan o’tgan kamdan-kam transportlardan tashqari yangi transportlar yo’q deb hisoblanadi. Isroil ruxsat bermaganligi uchun ham yangi model transport vositalarini import qilish imkonsiz.  

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar