Turkiya, Srebrenitsa qatliomini unutmadi

Srebrenitsa qatliomining 21-yilligi munosabi bilan bo'lib o'tayotgan yodga olish marosimida ishtirok etish uchun Turkiya nomidan, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li Bosniyada.

527336
Turkiya, Srebrenitsa qatliomini unutmadi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Srebrenitsa qatliomini Turkiya olaroq haligacha, kechagidek yuraklarda his qilayotganliklarini belgilab o’tgan holda,

“Bu qatliomlarning takrorlanmasligi uchun Srebrenitsani unutmadik, unutmaymiz va unuttirmaymiz” dedi.

Srebrenitsa qatliomining 21-yilligi munosabati bilan urush vaqtida BMT harbiylari tomonidan baza sifatida foydalanilgan akkumulyator fabrikasida “qatliomda jon berganlarni yodga olish marosimi” o’tkazildi.

Marosimdan avval fabrikani aylanib chiqib, devorlarda o’rin olgan Srebrenitsa qatliomi haqidagi foto suratlarni ko’rib chiqgan Chavusho’g’li, qatliomda jon berganlar hurmatiga atab ochilgan daftarga imzo chekdi.

Shuningdek Chavusho’g’li marosimda nutq so’zlar ekan o’z so’zida, 21 yil avval Srebrenitsada odamgarchilik uchun og’ir darba berilganligini, Srebrenitsa qatliomining odam bolasi va Yevropa tarixi uchun qora dog’ tashkil etganligini aytib o’tdi.



Aloqador xabarlar