Prezident Erdo'g'an NATO Samittiga qatnashadi

Prezident Erdo'g'an, Warshovada bo'ladigan NATO Davlat va Hukumat Rahbarlari Samittiga qatnashadi.

525071
Prezident Erdo'g'an NATO Samittiga qatnashadi

Prezident Rajab Tayib Erdo'g'an, Polshaning poytaxti Warshovada 8-9 Iyul kunlari orasida bo'ladigan NATO Davlat va Hukumat Rahbarlari Samittiga qatnashadi.

Sammitda, ittifoq liderlarining, NATOning o'zgargan xavfsizlik muhitiga moslashishi uchun Galler Sammitida olingan qarorlarni ko'zdan kechirish, kolektif mudofaani rivojlantirib qo'shimcha chora-tadbirlar olishni tasdiqlashi kutilmoqda.

Ittifoqdosh liderlar shuningdek Afg'onistondagi yordam Missiyasiga hissa qo'shgan NATOdan tashqarida qolgan liderlar va tegishli xalqaro tashkilot vakillari bilan o'tkazilanidan bir yig'ilishda, bahs mavzusi missiyaning faoliyatlarini ko'zdan kechirib, Afg'on Milliy Mudofaa va Xavfsizlik Kuchlarining 2018-2020 yillarini moliyaviy jihatdan dastaklaydi. Davlat va Hukumat rahbarlari saviyasida NATO-Ukraina Komissiya yig'ilishida esa Minsk shartnomasining kuchga kirishi ham bo'lib, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilinadi.

Shuningdek, Sammitda havoda xavfsizlik nazorati olib borilish mavzusida Turkiya ham dastak beradi.

Turkiyaning havodan razvetka va nazorat samolyoti, NATO, Fransiya va Angliyaga oid AWACS samolyotlari bilan birga faoliyat olib boradi.



Aloqador xabarlar