Fransiyaning poytaxti Parijda eski mashinalardan foydalanish ta'qiqlandi

Havoning ifloslanishini oldini olish maqsadida olingan bu qarordan Parij aholisi hamda shaharga kelgan sayyohlar juda mamnun.

523636
Fransiyaning poytaxti Parijda eski mashinalardan foydalanish ta'qiqlandi

Fransiyaning poytaxti Parijda havoning ifloslanishini oldini olish va shovqinni kamaytirish maqsadida eski mashinalardan foydalanish man qilindi.

Hokimiyat tomonidan olingan qarorga binoan, 1997 yilgi yengil transportlar hamda 1999 yilgi mototsikllardan foydalanish qat’iyan man qilindi.

Bu ta’qiq tongi soat 8:00dan oqshom soat 20:00 gacha davom etadi.

Bunga amal qilmagan haydovchilar har bir kun uchun 35 evro pul jazosi to’lashga majbur bo’ladi.

Eski mashinasini topshirgan haydovchilar uchun esa, ommaviy transport vositalarida chipta narxlari arzonlashtiriladi.

Havoning ifloslanishini oldini olish maqsadida olingan bu qarordan Parij aholisi hamda shaharga kelgan sayyohlar juda mamnun.

 



Aloqador xabarlar