Xitoy shimolidagi avtohalokat 26 insonning hayotiga zomin bo'ldi

Xitoy shimolidagi Tianjin hududida g’ildiraklari yorilib ketgan bir avtobus suv kanaliga qulab tushgan.

522836
Xitoy shimolidagi avtohalokat 26 insonning hayotiga zomin bo'ldi

Xitoy shimolidagi Tianjin hududida g’ildiraklari yorilib ketgan bir avtobus suv kanaliga qulab tushgan.

Avtohalokat oqibatida avtobusda bo’lgan 30 yo’lovchidan 26 nafari halok bo’lgan, 4 nafari yaralangan.

Yaradorlar atrofdagi shifoxonaga olib ketilgan.

Ma’lum bo’lishicha, yo’lovchi avtobusi Hebei shahridan Shenyang shahriga yo’l olgan.

Avtohalokat kecha oqshom paytlarda yuzaga kelgan.

Bundan oldin Hunan hududida ham bunga o’xshash fojia ro’y bergan edi.

Avtobusga o’t ketishi oqibatida 53 yo’lovchi halok bo’lgan edi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, har yili 250000 dan ortiq inson turli fojialar tufayli nobud bo’lmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #avtohalokat , #avtobus , #fojia

Aloqador xabarlar