Shveysariyada majburiy suzish darslariga qatnashmagan o'quvchilar fuqarolikka qabul qilinmaydi

Basel fuqarolik komiteti rahbari Stefan Vehrle ma’lum qilishicha, Shveysariya fuqaroligiga o’tmoqchi bo’lgan shaxslar mamlakatdagi ta’lim sistemasiga to’la amal qilishi shart.

521396
Shveysariyada majburiy suzish darslariga qatnashmagan o'quvchilar fuqarolikka qabul qilinmaydi

Shveysariyada majburiy suzish darslariga qatnashmagan va lagerlarga bormagan ikki nafar musulmon qiz o’quvchining Shveysariya fuqaroligiga murojaati qabul qilinmadi.

Shveysariya televideniyesining xabariga ko’ra, tegishli mutasaddilar Baselda yashagan 12 va 14 yoshlarda bo’lgan ikki musulmon qiz o’quvchining majburiy suzish darslariga va lagerlarga qatnashmagani sababli fuqarolik murojaatini qabul qilmadi.

Basel fuqarolik komiteti rahbari Stefan Vehrle ma’lum qilishicha, Shveysariya fuqaroligiga o’tmoqchi bo’lgan shaxslar mamlakatdagi ta’lim sistemasiga to’la amal qilishi shart.

Shveysariyaning bir qancha shahrida bo’lgani kabi suzish darslari Baselda ham majburiy ekanini ma’lum qilgan Stefan Vehrle: “Shartlarni bajarmagan shaxslar qonunlarni suis’temol qilmoqda va shu sababli fuqarolik huquqi berilmayotir”,-dedi.

Ma’lum bo’lishicha, musulmon oilalar o’z farzandlarini suzish darslariga bermaslik uchun Shveysariya sudiga bir necha marta murojaat qilgan va bu murojaatlar qabul qilinmagan.

Baseldagi maktablar suzish darslariga qatnashmagan o’quvchilarning oilalariga pul jazosi bermoqda.

Diniy qadriyatlar qiz bolalarning suzish darslariga qatnashishiga yo’l qo’ymasligini tilga olgan bo’shnak millatiga mansub musulmon ota 4000 frank pul jazosiga mahkum qilingan edi.

Eslatma: Baselda musulmon erkak o’quvchilar diniy sabablar tufayli ayol o’qituvchisi bilan qo’l berib so’rashmagach, o’quvchilarga qo’l berib salomlashish majburiyati keltirilgan edi va o’qituvchilari bilan qo’l berib salomlashmagan taqdirda, o’quvchilarning oilalari 5000 frank pul jazosi to’lashi haqida ogohlantirilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar