Jose Luis Rodriguez Zapatero:"Insonlarni din emas, fanatizm o’ldirmoqda..."
Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Jose Luis Rodriguez Zapatero Bosniya Gersegovinaning poytaxti Sarayevoda o’tkazilgan “Yevropa Islomofobiya sammiti”ga qatnashdi.
Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Jose Luis Rodriguez Zapatero Bosniya Gersegovinaning poytaxti Sarayevoda o’tkazilgan “Yevropa Islomofobiya sammiti”ga qatnashdi.
Sammitda so’zga chiqqan Zapateroning fikricha, insonlarni din emas, balki fanatizm o’ldirmoqda.
Dunyoda avj olgan terrorchilik harakatiga e’tibor qaratgan Zapatero: “Insonlarni din emas, fanatizm o’ldirmoqda. Islom dinining terrorizm bilan aloqasi yo’qligini tilga olishimiz kerak. Islomofobiyani oldini olish uchun musulmonlar bilan birga qo’lma-qo’l kurashish darkor”,-dedi.
Ispaniyada turli e’tiqodlarga bo’y sungan insonlar uchun mushtarak faoliyatlarni amalga oshirish maqsadida maxsus fond tashkil qilinganini bildirgan Zapatero: “Eng kuchli qurol bo’lgan ta’lim va bilim bilan kurash olib borishimiz va hamjihatlikda tinchlikni barpo etishimiz kerak. Bosniya Gersegovina va Ispaniya ko’p madaniyatli davlat bo’lgani uchun hamjihatlikda kurash olib borishi mumkin. Agar, Yevropa “Buyuk Yevropa” bo’lishni xohlasa, Islomofobiyani ham yengish uchun kurashishi zarur”,-dedi.