Hindistonda musson yomg'iri davri boshladi

Eng ko'p yilning iyun va sentabr oylarida avj olgan musson yomg'iri afsuski jon olish hususiyatini ham davom ettirmoqda.

516295
Hindistonda musson yomg'iri davri boshladi

Hindistonning sharqida joylashgan Bihar, Jarkhand va Madhya-Pradesh shtatlarida jala quygan musson yomg'irlari va bo’ron tufayli 80 kishi halok bo’ldi.

Hindiston axborot agentliklari tomonidan ma’lum qilinishicha yurtning sharqidagi Bihar shtatining turli mintaqalarida 53, qo’shni shtatlardan Jarkhandda 10 va Madhya-Pradesh shtatida 17 kishi halok bo’lgan. Onlab kishi esa tan jarohati olgan.

Halok bo’lganlarning ko’pchiligi dalada ish qilayotgan dehqonlar ekanligi aniqlandi. Ular dalada chaqmoq chaqib jon berganlar 

Bihar shtati Bosh vaziri Nitish Kumar, halok bo’lganlarning oilalariga 400 ming rupi konpensatsiya to’lab berilajagini ma’lum qildi.

Muson yomg’irining davom etishi oqibatida qurbon bo’lganlar sonining ortishidan hamma xavotirda.

Musson yomg’iri 80 foiz yilning iyun va sentabr oylarida yog’ar ekan bu mavsumda yuzaga kelgan chaqmoq chaqishi oqibatida har yili ko’plab odamlar halok bo’lmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #musson yomg'iri , #chaqmoq

Aloqador xabarlar