Yevropa Ittifoqining chaqirig'iga O'mer Chelik javob berdi

Yevropa Ittifoqining Turkiyaning terrorga qarshi kurash qonuniga o'zgarish kiritish borasidagi chaqirig'iga O'mer Chelik javob berdi.

515620
Yevropa Ittifoqining chaqirig'iga O'mer Chelik javob berdi

Yevropa Ittifoqining Turkiyaning terrorga qarshi kurash qonuniga o'zgarish kiritish borasidagi chaqirig'iga Yevropa Ittifoqi Vaziri O'mer Chelik javob berdi.

Chelik o'zgarish kiritilmasligini bildirdi.

Omer Chelik, Rimda Italiya Tashqi Ishlar Vaziri Paolo Gentiloni bilan uchrashgandan keyin mushtarak matbuot anjumani o'tkazdi.

Turkiyaning terror mavzusida bir kamchiligi bo'lsa buning Yevropa Ittifoqiga ham zarar berishiga diqqat qaratdgan Chelik, "Turkiyaning xavfsizligi Yevropa Ittifoqining xavfsizligidir. Biz bu bosqichda terroga qarshi kurashda bizning kuchimizni kamaytirgan qadam tashlamaymiz" deb mulohaza bildirdi.

O'mer Chelikmning kun tartibida Turk fuqarolarining Yevropa o'lkalariga erkin sayohati ham bahs mavzusi edi.

Turkiyaning atrofida xavf va barqarosizlikning davom etganini ifoda etgan Chelik, "Bu xavflarga qarshi kuchlanadigan mexanizm bilan aloqali ko'ngilli joylashish va vizasiz sayohat maslalariga yechim topish kerak. Bunga Turkiyaning haqqi bor. Men vizasiz sayohat mavzusida mushtarak bir nuqtaga kelinishini o'ylamayman" deb ifoda etdi.

Italiya Tashqi Ishlar Vaziri Paolo Gentiloni ham Turkiyaning Yevropa Ittifoqi a'zoligini va vizasiz sayohat mavzularida Italiyaning qo'llab-quvvatlaganini bildirdi.

  



Aloqador xabarlar