Turk askarlari Kosovada yana iftor ziyofatida uchrashdi

KFOR qoshida xizmat qilgan Turk askarlari, joriy yil Kosovada iftor ziyofatida uchrashdi.

512759
Turk askarlari Kosovada yana iftor ziyofatida uchrashdi

Kosovada NATOning Tinchlik Kuchi KFOR qoshida xizmat qilgan Turk askarlari, joriy yil Kosovada yana iftor ziyofatida uchrashdi.

Kosova Turk Vakillar Hay'ati Rahari tomonidan Prizren Suton Murod kazarmasida 16 yildan beri uyushtirilgan iftor ziyofatida Kosova Davlat Rahbari Mahir Yag'jilar, Atrof-Muhit va Maydonlar Tuzish Rahbari Ferid Agani, Davlat Vaziri Resim Demiri, Turkiyaning Prishtina favqulodda elchisi Kiviljim Kilich, Turkiyaning Prizden Bosh Konsuli Selen Evjit, Kosova Majlisining Turk, Alban, Bosnaliya va Rumin Deputatlari, Kosovali vakillar, Turkiyaning Kosovadagi tashkilot vakillari qatnashdi.

Gavjum ishtirokchisi bo'lgan iftor dasturining ochilishiga so'zlagan Kosova Turk Hay'ati Rahbari Polkovnik Saim Bag'ji, Ramazon oyining bahamlashish oyi bo'lganini eslatdi.

Bag'ji, Bizlar dardu-alamni bahamlashish kamayishiga, sevgining esa ko'payishiga ishonamiz. Biz sevgimizni, birga bo'lish quvonchini mushtarak maqsadimiz bo'lgan Kosovaning barqarorligiga hissa qo'shishning huzuri ichida bu dasturxonda birgamiz" deb ifoda etdi.

  

 



Aloqador xabarlar