Putinning buyrug’i bilan rus armiyasida to’satdan tekshiruv boshlandi

To’satdan boshlangan tekshiruvda armiyaga tegishli qurol-aslaha va o’q-dori omborlari hamda ba’zi harbiy bo’linmalar nazorat qilinadi.

510728
Putinning buyrug’i bilan rus armiyasida to’satdan tekshiruv boshlandi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning buyrug’i bilan rus armiyasida to’satdan tekshiruv boshlandi.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qilishicha, to’satdan boshlangan tekshiruvda armiyaga tegishli qurol-aslaha va o’q-dori omborlari hamda ba’zi harbiy bo’linmalar nazorat qilinadi.

Bu shaklda rus armiyasining urushga tayyorgarlik darajasi ko’zdan kechiriladi.

Sergey Shoygu mavzuga doir xorijdagi harbiy maslahatchilarga ma’lumot berilishini bildirdi.

U bu kabi to’satdan yo’lga qo’yiladigan tekshiruvlar 22 iyungacha davom etishini ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #armiya , #rus , #harbiy , #qurol , #tekshiruv

Aloqador xabarlar