Turkiya nazaridan yaqin sharq 24-qism

Rossiya AQShning qarshi bo'lishiga qaramay Eron va Suriya bilan rishtalarini uzmadi.

510686
Turkiya nazaridan yaqin sharq 24-qism

Rossiya 1970 yildan keyin, Misr ASQh bilan aloqalarni tiklab Isroil bilan sulh shartnomasi tuzgan edi. U davrlar Sovuq urush paytlari bo’lib Sovetlar Ittifoqining hududdagi e’tiboriga putur yetgan edi. Bu bilan bir qatorda Sovetlarning Afg’onistondagi muvaffaqiyatsizligi va Eron Inqilobi Rossiyaning hududdan uzoqlashishiga sabab bo’lgan. Bu 1990 yillar boshida Sovetlar sistemasi chiqmas yo’lda qolgan edi. U davrlar Sovet Lideri buni bartaraf qilish, hattoki Quvay isg’olidan keyin Iroqga qarshi AQSh boshchiligida vujudga kelgan koalitsiya tarkibida joy olgandir. Lekin Soverlar, ochiq aytadigan bo’lsak, Yaqin sharqda boy bergan. Rossiyaning Yaqin sharqdagi yo’qligida, bu marotiba AQShning ta’sirini orttishiga olib kelgandir. Komunizmdan keyin, Putinning vazifaga kelishi bilan Rossiya Yaqin sharqda o’ziga joy topish yo’llari izlahga boshladi. Bu nuqta-i nazardan Rossiyaning uch tomondan imtiyozli bo’lganini aytish mumkin. Birinchisi, AQSh, Esad rejimining ketishi kerakligini aytishiga qaramay, uning ketishi uchun qadam tashlashdan har doim bosh tortdi. Ikkinchisi, Rossiyaning Suriya bilan uzoq davrlardan beri mavjud bo’lgan tarixiy aloqalaridir. Uchinchisi esa Rossiyaning Suriyada bo’lgan Tartus dengiz bazasi. Putin, Suriyada Esad rejimini dastaklab Rossiyaning Yaqin sharqdagi borligini qayta tiklagan. Sovuq urush davrida qo’shimcha baza sifatida foydalangan Tartus harbiy bazasi zamonaviylashtirildi va ko’p qirrali xizmat uchun yaroqli holga keltirildi. Ayni paytda Suriyada bir harbiy baza egasi bo’lgan. Shunday qilib hududda harbiy borligini davomli qilishga urindi. Suriyada yechim topish uchun Rossiyani chetlab o’tmasligini ko’rsatmoqda. Shuningdek hududda o’tish e’htimoli bo’lgan va Rossiyaning iqtisodiy manfaatlari jihatidan katta ahamiyatga ega  bo’lgan tabiiy gaz quvur tarmog’i mavzusida so’z haqqi qo'lga kiritdi. Putin, takror Yaqin sharqda Rossiyaning davomli bor bo'lishini istaydi. Lekin Rossiyaning iqtisodiy kuchining chegarali bo’lganini biladi. Rossiya iqtisodiyoti bir necha yildan beri kichrayishga davom etmoqda. Neft narxlarining tushishi va Ukrana tufayli uchragan sanktsiyalar ham Rossiyadagi mavjud iqtisodiy taranglikni chuqurlashtirmoqda. Lekin dunyo siyosatida 18. Asrning ikkinch yarmidan keyin o’z kuchini his ettirishga boshlagan Rossiya hech qachon bir super kuch bo’lmagan edi. Lekin qo’lga o’tgan fursatlardan foydalanib Rossiyaning mavjud iqtisodiy kuchini mustahkamlashtirishiga ishonadi. Hattoki shunday tushunganini ham aytish mumkin: Rossiya yo bir kuch sifatida o’z borligini muhofaza etadi yoki tarqaladi. “Mana bu tarqalishni oldini olish uchun Rossiyaning har tomonlama o’ z kuchini muhofaza etishi kerak.”

Rossiya 15 milliondan ziyod Musulmon aholisi bo’lgan bir davlat. DEAShga qo’shilgan jangarilarning ko’pi Rossiyalik musulmonlar bo’lganini aytish mumkin. Mana shuning uchun Rossiya o’zini Yaqin sharqda nozuk vaziyatda his etmoqda. Shuning uchun Rus siyosiy ziyoliklari Yaqin sharqda faol bo’lishni istar ekan 1990 yildan keyin AQSh istagani kabi emas. Buning Rossiya jihatidan bir jumbog’ bo’lganini aytish mumkin. Eronning yaqin ittifoqdoshi Esad rejimini dastaklab oraga kirgani uchun Rossiya hududda o’z e’tiboriga zarar keltirgan qadam tashlagandir. Hozirgi kundagi Rossiya Sovetlardan yaxshi vaziyatda. Suriya aralashuv narijasida boy bergan e’tiboriga qaramay hududda kuchli bo’lgan davlatlar bilan mustahkam va ijobiy aloqalar o’rnatdi. Urib tushirilgan samolyot masalasi tufayli buning uzoq muddat davom etmasigi tushunilmoqda. Daslab Isroil va Eron bilan ijobiy aloqalar tuzilgan.

Esad rejimini dastaklash mavzusida Eron bilan Rossiya yaqin munosabatda bo’lishiga qaramay bu Rossiya bilan davom etgan ijobiy aloqalarning oldiga o’tmadi. Qolaversa Eron va Saudiya Arabiston o’rtasida bo’lgan raqobatda Eronga qarshi bir uslub ham izlanmagan. Rossiya bilan Suriya o’rtasida maxsus rishtalar yo’q. Konyukturaga ko’ra maydonga chiqgan aloqalar hukum surmoqda.  Rossiya, hududda AQSh bilan har tomonlama qarama-qarshi bo’lgan bir raqobatga kirish va uni uzoqlashtirish kirishuvi yo’q. Ziddiga mushtarak masalalarga qarshi kurashgan bir nuqta topmoqchi. Lekin Rossiya bu sheriklikda o’z manfaatlarini ham hisobga olgan.

 



Aloqador xabarlar