Olmoniyada, muhojirlarga qarshi qurolli hujum uyushtirildi

Voqea chog’ida makedoniyalik 5 yashar kichik qizcha bilan 18 yashar suriyalik muhojir oyog’idan jarohat olgan.

510489
Olmoniyada, muhojirlarga qarshi qurolli hujum uyushtirildi

Olmoniyaning Quyi Saksoniya shtatining Lingen shahrida bir kishining miltiq bilan o’q uzishi oqibatida 2 nafar muhojir tan jarohati oldi.

Bentheim politsiya xodimlari tomonidan ma’lum qilinishicha 21 yashar bir kishi, muhojirlar yotoqxonasi yonida turganlarga qarab miltiq bilan o’q uzgan.  

Voqea chog’ida makedoniyalik 5 yashar kichik qizcha bilan 18 yashar suriyalik muhojir oyog’idan jarohat olgan.

Tan jarohati olganlar kasalxonaga olib ketilar ekan aybdor haqida, “odamga jarohat yetkazish” aybi bilan tergov ishlari boshlatildi.

Osnabrueck prokuratura vakili Alexander Retemeyer tomonidan ma’lum qilinishicha, aybdorning uyi bilan muhojirlar yotoqxonasi orasidagi uzoqlik qariyb 40 kilometrni tashkil etadi. Hozirda, nomi tilga olingan aybdorning uyida tintuv ishlari yuritilib, miltiq va o'q-dorilar olib qo’yilgan.

Retemeyer, jinoyatkorning haddan tashqari o’ng qanot guruhlar bilan aloqasining bor yoki yo’qligi esa noma’lum.


Tanlangan kalimalar: #Olmoniya , #muhojirlar , #hujum

Aloqador xabarlar