Ukraina Rossiya taklif qilgan narxdan gaz olmasligini bildirdi

Ukraina tabiiy gaz shirkati Naftogaz, Rossiya taklif qilgan narxdan gaz olmasligini bildirdi.

508400
Ukraina Rossiya taklif qilgan narxdan gaz olmasligini bildirdi

Ukraina tabiiy gaz shirkati Naftogaz, Rossiya taklif qilgan narxdan gaz olmasligini bildirdi.

Naftogaz Mudiri Yuriy Vitrenko, Facebook orqali bergan bayonotida, Rossiya Energiya Vazirligining tabiiy gaz narx taklifini qimmat bo'lgani uchun rad etganini takidladi.

Vitrenko, "Rossiya Energiya Vazirligi, Gazpromning 3. choyrakda 177 dollarga tabiiy gaz olishini bildirdi. Bu narx, o'zgarishlar bilan 182-183 dollar bo'ladi. Bu narxlarning bozor narxlaridan arzon bo'lgani aytilmoqda. Bizlar bunga qo'shilmaymiz. Kuni kecha nemis bozorlarida Iyun oyi narxlari,173 dollardan ham pasga tushdi. Mana shuning uchun bu shartlarda Gazpromdan gaz olmaymiz. Kerak bo'lgan tabiiy gazni Yevropadan olamiz" deb ifoda etdi.

Hafta ichida Gazpromning Yuqori Darajali Boshqaruvchisi Aleksey Miller, Naftogazning, joriy yilning ikkinchi yarmi va kelgusi yilning ilk choyragini o'z ichiga olgan shakilda talab qilganini izohlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar