Parijda, Yaqin Sharq tinchlik anjumani bo’lib o’tdi

Falastin va Isroil o’rtasidagi muzokara jarayonini takror boshlatish maqsadida uyushtirilgan anjumanda, Turkiya nomidan Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek ishtirok etdi.

504022
Parijda, Yaqin Sharq tinchlik anjumani bo’lib o’tdi

Falastin va Isroil o’rtasidagi muzokara jarayonini takror boshlatish maqsadida uyushtirilgan anjumanda Turkiya nomidan Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan Bosh kotib Ban Ki-Moon, AQSh nomidan Davlat kotibi John Kerry va boshqa bir necha davlat va tashkilot nomidan jami 28 vakil ishtirok etdi.

Anjuman yakunida Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha ishtirokchi davlatlar, Isroil bilan Falastin o’rtasida tinchlik va xavfsizlikning ta’minlanishi uchun ikki davlatning o’zaro til topishishi yagona yo’l ekanligi to’g’risida kelishib olganlar.

Isroil va Falastin ishtirok etmagan anjumanda, falastinlik guruh ham tashabbusni qo’llab-quvvatlamasliklarini bildirdi.  

Ular o’z so’zida,

“Fransiyaning tashabbusi, Falastinning milliy manfaatlari, huquqi va o’zgarmas qadriyatlariga zid kelmoqda” dedilar.  

Undan tashqari Isroilning, musulmonlarning muqaddas qadriyatlariga qarshi qo’l urilgan tartibsizliklarni to’xtatishi va G’azoga qaratilgan qamalni bas qilishi uchun dunyo davlatlarini tashabbusga chaqirdi.  

Bunga qarshi Isroil hukumati esa “Bu tashabbus, muammoni hal qilish jarayonini yana-da uzoqlashtirdi” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar