Fransiyadagi namoyishlar zo'ravonlik bilan bostirilmoqda

Fransiyadagi namoyishchilarga nisbatan politsiya xodimlarining zo’ravonligi diqqatlarni o’ziga jalb qilmoqda.

503302
Fransiyadagi namoyishlar zo'ravonlik bilan bostirilmoqda
fransa polis.jpg
fransa polis.jpg
fransa polis.jpg
fransa polis.jpg
fransa polis.jpg

Fransiyadagi namoyishchilarga nisbatan politsiya xodimlarining zo’ravonligi diqqatlarni o’ziga jalb qilmoqda.

Rennes shahridagi namoyishlarda o’ndan ortiq namoyishchi og’ir yaralangan.

Kecha shaharda taxminan 3000 namoyishchi mexnat qonuniga doir taklifni qoralash maqsadida namoyish o’tkazdi.

Namoyishlarni bostirishga harakat qilgan politsiya xodimlari xizmat mashinalari bilan namoyishchilar ustiga bostirib ularni qaytarishga uringan.

Xizmat mashinasining oynasidan namoyishchilarga zaharli gaz sochgan politsiya xodimlari bu xatti-harakati bilan insonlarning g’azabiga uchradi.

So’ngra, olomon ichiga kirgan politsiya xodimlari ularni kaltaklay boshlagan.

To’polonda ko’plab namoyishchi tan jarohati olar ekan,yaradorlar uchun tez yordam chaqirilgan.

Politsiya xodimlari ayni paytda namoyishlarni kuzatib borgan jurnalistlarga ham qattiqqo’llik bilan munosabatda bo’lmoqda.

Voqealarni tasvirga tushirgan jurnalistlar kaltaklangan holda uzoqlashtirilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar