NATO Polshada harbiy faoliyatini oshirmoqda

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg ma’lum qilishicha, Polsha va boshqa Boltiq davlatlariga qo’shimcha NATO askarlari joylashtiriladi.

500941
NATO Polshada harbiy faoliyatini oshirmoqda

 

NATO Polshada harbiy faoliyatini oshirmoqda.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg ma’lum qilishicha, Polsha va boshqa Boltiq davlatlariga qo’shimcha NATO askarlari joylashtiriladi.

Polshada prezident Abdrey Duda bilan bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng bayonot bergan NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg joriy yilning 8-9 iyul kunlari Polshaning poytaxti Varshavada o’tkaziladigan NATO sammitidan keyin, NATO hududdagi mudofaa faoliyatlarini oshirishini bildirdi.

Jens Stoltenberg: “Varshavadagi sammitdan keyin, Polshaga nisbatan har qanday ehtimoliy hujumning NATOga nisbatan hujum sifatida hisobga olishini ko’rsatish maqsadida Polshadagi NATO askarining soni ko’paytiriladi”,-dedi.

Stoltenbergning aytishicha, mintaqaga joylashtiriladigan askar soni hozircha noma’lum.

Mintaqada xizmat o’taydigan NATO kuchlariga Amerika ham o’z hissasini qo’shadi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Polsha , #Boltiq davlatlari , #Varshava , #harbiy

Aloqador xabarlar