Fransiyada yangi mexnat qonunini qoralash maqsadida namoyishlar davom etmoqda

Fransiya Prezidenti Hollande mamlakatda avj olgan ish tashlash namoyishlariga qaramasdan, mexnat qonuni islohotidan aslo voz kechmasligini ma’lum qildi.

500980
Fransiyada yangi mexnat qonunini qoralash maqsadida namoyishlar davom etmoqda
fransa polis şiddeti.jpg
fransa polis şiddeti.jpg
fransa polis şiddeti.jpg
fransa yasa protesto.jpg
fransa polis.jpg

Fransiyada yangi mexnat qonunini qoralash maqsadida namoyishlar davom etmoqda.

Bir necha haftadan beri davom etgan ish tashlash namoyishiga bu safar davlat temir yo’li ishchilari ham qatnashdi.

Neft ishlab chiqarish stansiyasida mexnat qilgan ishchilarning ish tashlash namoyishi oqibatida mamlakat bo’ylab yoqilg’i tanqisligi yuzaga kelgan.

Yoqilg’i tanqisligi natijasida poyezd va boshqa transport vositalari to’xtab qolgan.

Fransiya Milliy uchuvchilar uyushmasi ma’lum qilishicha, kelgusi oyda aviatsiya sohasida ham muddatsiz ish tashlash e’lon qilinadi.

Aviatsiya sohasidagi ish tashlash namoyishining qachon boshlanishi hozircha noma’lum.

Bunday ish tashlash namoyishlari benzin tanqisligi yuzaga kelgan Fransiyada havo yo’llari va temir yo’llari faoliyatlariga katta zarar bermoqda.

Mamlakat shimolida joylashgan va Parijning energiyaga bo’lgan ehtiyojini ta'minlagan Le Havre neft stansiyasida ishchilar bu hafta ham ish tashlash namoyishini davom ettirish to’g’risida qaror oldi.

Fransiyadagi eng katta ishchi uyushmalaridan Umumiy mexnat konfederatsiyasi boshchiligidagi ish tashlash namoyishi Ishchi kuchi uyushmasi tomonidan ham qo’llab quvvatlanmoqda.

Fransiya Prezidenti Hollande esa, ish tashlash namoyishlariga qaramasdan, mexnat qonuni islohotidan aslo voz kechmasligini ma’lum qildi.

Joriy yilning 10 iyun kuni boshlanadigan Yevropa futbol chempionatini tomosha qilish uchun Fransiyaga boradigan turistlarning ushbu namoyishlardan ta’sirlanishi kutilmoqda.

Shuningdek, bu holat Fransiyada turizm sohasiga ham katta ta’sir ko’rsatdi.

 Noyabr oyida sodir bo’lgan terrorchilik harakati va ohirgi kunlarda yuzaga kelgan ish tashlash namoyishlari Parij turizmiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.

Fransiya Turizm komiteti hisobotiga ko’ra, 2016 yilning dastlabki 3 oyida Parijdagi mehmonxonalarga murojaat qilgan turist nisbati avvalgi yilning dastlabki 3 oyiga nisbatan 7.7%ga kamaygan.

Mutahassislarning aytishicha, Parij budjetining 13%ini turizmdan tushgan daromad tashkil qiladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar