Saudiya Arabistoni Eronni terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda ayblamoqda

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Adil Al-Jubayr Eronni Iroq va boshqa mintaqa davlatlarining ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

500229

Adil Al-Jubayr Eronni terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda aybladi.

“Eron davlati nima bo’lishdan qat’iy nazar, Iroqning ichki ishlariga aralashishi va shiya jangarilarini jo’natgan holda, bu mamlakatda mazhabchilikka nisbatan tashviqot yuritishiga ko’z yumib bo’lmaydi”,-deydi Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri.

Eron fuqarolari uchun bu yil haj ziyoratiga ruxsat berilmasligi haqidagi iddaolarga to’xtalgan Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirining aytishicha, Saudiya Arabistoni bugungacha hech kimning haj ibodatini bajarishiga to’sqinlik qilmadi.

Aloqador xabarlar