Iroqning Felluje va Musul viloyatlari DAISh ishg'olidan qutqariladi

Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy ma'lum qilishicha, Anbarga qarashli Felluje shahrini terror tashkiloti DAISh qo’lidan qutqarish uchun operatsiya o’tkazish rejalashtirilgan.

496011
Iroqning Felluje va Musul viloyatlari DAISh ishg'olidan qutqariladi

Iroq Bosh vaziri Haydar Al-Ibadiy Anbarga qarashli Felluje shahrini terror tashkiloti DAISh qo’lidan qutqarish uchun operatsiya o’tkazish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Abadiy: “Fellujeni dushmandan ozod qilish uchun operatsiya boshlandi. G’alabaga oz qoldi va DAISh terror tashkilotining qochishdan boshqa chorasi yo’q”,-dedi.

Operatsiya paytida tinch aholini Fellujedan olib chiqib ketish uchun xavfsizlik choralari olindi va uydan chiqa olmaydigan ahvolda bo’lgan insonlardan esa, derazalardan oq bayroq xilpiratishi talab qilindi.

Operatsiyaga Iroq Qurolli kuchlari, Politsiya tashkilotiga tegishli xodimlar, shiya jangarilar va sunniy qabila kuchlari qatnashmoqda.

DAISh Iroqda asosan, katta shaharlardan biri Felluje va Musulni egallab olgan.

Felluje viloyati 2014 yildan buyon terror tashkiloti DAIShning qo’l ostida hisoblanadi.

Felluje viloyati Firat daryosi sohilida joylashgan bo’lib, aholi soni 75 mingdan ortiq.

 Ishg’oldan oldin viloyatdagi aholi soni 300 ming atrofida edi.

Iroq Qurolli kuchlari o’tgan oyda esa, Ramadi viloyatini DAISh terror tashkilotining qo’lidan qutqargan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Musul , #Felluje , #DAISh , #terror , #ishg'ol , #operatsiya

Aloqador xabarlar