Afg’oniston janubidagi Helmand viloyatida kuchli portlash sodir bo’ldi

Tolibon tomonidan mahalliy politsiya ta’lim markaziga bomba ortilgan transport vositasida sodir qilingan hujumda 3 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

490605
Afg’oniston janubidagi Helmand viloyatida kuchli portlash sodir bo’ldi

Afg’oniston janubidagi Helmand viloyatida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Mahalliy politsiya ta’lim markaziga bomba ortilgan transport vositasida sodir qilingan hujumda 3 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Helmand hokimiyati kotibi O’mer Zvakning aytishicha, portlash oqibatida 12 kishi jarohatlangan. Bulardan bir nafari yosh bola ekani aniqlangan.

U yaradorlardan ba’zilarining ahvoli og’ir ekanini ma’lum qilgan.

Portlash ta’sirida politsiya ta’lim markazi binosida katta moddiy zarar yuzaga kelgan.

Portlashni o’z bo’yniga olgan Tolibon kotibi Zabiulloh Mujohidning aytishicha, voqea joyida o’ndan ortiq politsiya xodimi halok bo’lgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #portlash , #Helmand , #politsiya

Aloqador xabarlar