Afg’onistonda, Tolibon a’zolari hujum uyushtirdi

Tolibon a’zolarining Shindentning Chahar va Sengiston politsiya bo’limiga qarshi bir vaqtning o’zida ikkita hujum uyushtirishi oqibatida to’qnashuv kelib chiqdi.

490090
Afg’onistonda, Tolibon a’zolari hujum uyushtirdi

Afg’onistonning g’arbida joylashgan Hirot viloyatining Shindent tumanida, politsiya bo’limiga qarshi Tolibon a’zolari tomonidan hujum uyushtirildi. Ushbu hujum oqibatida 35 kishi jon berdi, 40 kishi esa tan jarohati oldi.

Tolibon a’zolarining Shindentning Chahar va Sengiston politsiya bo’limiga qarshi bir vaqtning o’zida ikkita hujum uyushtirishi oqibatida to’qnashuv kelib chiqdi.

To’qnashuv natijasida xavfsizlik kuchlari ko’plab qurol va o’q dorilarni qo’lga kiritidi.

Tolibon o’z izohida, hujum oqibatida 7 ta politsiya bo’limini nazorati ostiga olganliklarini va 21 nafar xavfsizlik kuchini o’ldirganliklarini iddio qildi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar