Josh Earnest:"Amerika Qo’shma Shtatlari Iroq xalqi va hukumatini qo’llab quvvatlaydi"

Oq Uy kotibi Josh Earnestga ko’ra, Iroq hukumatining asosiy maqsadi mamlakatni terroristlardan himoya qilish va Amerika bu maqsadni qo’llab quvvatlaydi.

489213
Josh Earnest:"Amerika Qo’shma Shtatlari Iroq xalqi va hukumatini qo’llab quvvatlaydi"

Amerika Qo’shma Shtatlari terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashda Iroq xalqi va hukumatini qo’llab quvvatlashini bildirdi.

Oq Uy kotibi Josh Earnest kundalik matbuot anjumanida so’zga chiqib, Iroqning poytaxti Bog’dodda ketma-ket sodir bo’lgan terrorchilik harakatlariga to’xtalib o’tdi.

“Amerika Qo’shma Shtatlari Bog’doddagi terror hujumini qoralaydi. Terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashda Iroq xalqiga madadkormiz”,-deydi Josh Earnest.

Bunday terrorchilik harakatlari Bog’doddagi markaziy hukumatga zarar bera olmasligini ma’lum qilgan Josh Earnestga ko’ra, Iroq hukumatining asosiy maqsadi mamlakatni terroristlardan himoya qilish va Amerika bu maqsadni qo’llab quvvatlaydi.

Mamlakatni bo’lishga doir biron reja yo’qligini tilga olgan Oq Uy kotibi: “Iroq bo’linmasa, o’z kuchini saqlab qoladi”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar