Suriya mavzuli Fikrdosh o’lkalar  yig’ilishi bu safar, Fransiyaning poytaxti Parijda o’tkazildi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho’g’lu Turkiyani namoyandalik qilgan, Suriya mavzuli Fikrdosh o’lkalar  yig’ilishi bu safar, Fransiyaning poytaxti Parijda o’tkazildi.

487699
Suriya mavzuli Fikrdosh o’lkalar  yig’ilishi bu safar, Fransiyaning poytaxti Parijda o’tkazildi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Turkiyani namoyandalik qilgan, Suriya mavzuli Fikrdosh o’lkalar  yig’ilishi bu safar, Fransiyaning poytaxti Parijda o’tkazildi.

Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iordaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya va Italiya ishtirok etgan  yig’ilishda Suriyalik  mo'tadil  muxolafat liderlaridan Riyod Hijob esa  so’ngi vaziyat borasida ma’lumot  berib   o’zlarini himoya qilishlarini istadi.

Hijob, Suriyadagi  tuzilgan sulhni Rossiya buzganini va Nusra va DAESh kabi tashkilotlar emas, to’g’ridan muxolafat, shifoxona va tinch aholini  nishon oldi  deb bildirdi.

Yig’ilishdan so’ngra jurnalistlarga bayonot bergan Turkiya tashqi ishlar  vaziri Mevlut Chavusho’g’lu ham Suriyada tinch aholini va shifoxonalarni nishon olgan bizoat rejim kuchlari va Rossiya ekanini aytdi.  

Chavusho’g’lu,  AQSh bilan Rossiyaning tashabbusi bilan boshlatilgan sulh jarayonining ahamiyati ustida to’xtalib, maqsadlari sulhning butunlay o’rnatilishi va  siyosiy jarayonni qaytadan boshlatish deb ma’lum qildi.

Chavusho’g’lu,

“ Faqatgina muxolafatning qarorli bo’lishi  yetmas, rejimning  muzokara hay’atining ham siyosiy islohot mavzusiga  qaytishi kerak” dedi.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Ayro esa Asad rejimi siyosiy islohot uchun  hech bir iroda ko’rsatmadi dedi.

Jeneva tinchlik muzokaralaridan tortilgan Oliy muzokara kengashi ham Parijdagi yig’ilishdan umidli ekanini va uchrashuvlarga yangidan  ishtirok etishlarini umid qilganini aytdi.

Kengash namoyandasi  Bassma Kodman, Rossiya va AQSh boshqaruvi tomonidan borilgan oxirgi sulh  kelishuvi yana ham kuchli ekanini, faqat qanday tatbiq etilishiga qarash lozim deb aytdi.

Masalaga   Eron va  Rossiya ham  qo’shilib, 17 o’lkaning ishtiroki bilan yana keng ko’lamli bir yig’ilish kelgusi haftalarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Fikrdosh , #O'lkalar , #Parij , #O'tkazildi

Aloqador xabarlar