O’rta yer dengizidan bu gal 1 800 qochqin qutqarildi

Havo sharoiti yaxshilangani va Bolqon tomonidan esgan shamolning to’xtashi tufayli qochqinlarning Liviyadan Italiya qirg’oqlariga qarab yo’l olishida ortish kuzatilishi tahmin qilinmoqda.

486079
O’rta yer dengizidan bu gal 1 800 qochqin qutqarildi

Puflama qayiqlar orqali Yevropaga yetib borishga harakat qilgan qochqinlarni bu gal Sitsiliya orolidan uzoqroq nuqtada Italiyaning, sohilni nazorat qilish guruhi qutqarib qoldi.

Italiya kemalari, Liviyadan yo’lga chiqqan 10ta puflama qayiqdagi yo’lovchilarga yordam berish uchun ter to’kdi.  

Havo sharoiti yaxshilangani va Bolqon tomonidan esgan shamolning to’xtashi tufayli qochqinlarning Liviyadan Italiya qirg’oqlariga qarab yo’l olishida ortish kuzatilishi tahmin qilinmoqda.

Italiya, 2016-yilning ilk kunlaridan bugungacha qutqarilgan qochqinlar sonining 30 mingdan ortganligini ma’lum qildi.

Hozirgi kunda ham Liviyadan, puflama qayiqlar orqali Yevropaga borish uchun sabrsizlangan qariyb 1 million qochqinning borligi aytilmoqda.   

 


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Liviya , #qochqinlar

Aloqador xabarlar