Rossiya bilan AQSh, Suriya masalasida kelishib oldi

Rossiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari, Suriyadagi ichki urushning markaziga aylangan Halabda, o’q uzishni to’xtatish bo’yicha kelishib oldi.

484663
Rossiya bilan AQSh, Suriya masalasida kelishib oldi

Rossiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari, Suriyadagi ichki urushning markaziga aylangan Halabda, o’q uzishni to’xtatish bo’yicha kelishib oldi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi Suriyadagi, shu jumladan Halabdagi urushning to’xtatilishi masalasida Moskva bilan kelishganliklarini bildirdi.  

Shartnoma Damashq vaqti bilan kechasi soat 00:01 dan e’tiboran kuchga kirdi.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi bu haqidagi o’z izohida;

“O’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirdi. Bunga qaramay ba’zi nuqtalarda to’qnashuvlar davom etmoqda. Lekin umumiy olib qaraganda shiddat ovozlari tinib qolgandek” deya gapirdi.

Shuningdek, maqsadning Suriyadagi ba’zi mintaqalardagina emas Suriyaning to’rt burchagida ham urushning to’xtashi ekanligi ta’kidlanar ekan, barcha tomonlarni “yangilangan kelishuvga” amal qilishga undadi.

Asad rejimi esa, haftaning payshanba kuni yani bugun ertalabdan e’tiboran, 48 soat davom etadigan jimjirtlik rejimiga o’tilishini bildirdi.

Halab haqidagi kelishuvni minnatdorchilik bilan qabul qilganliklarini belgilab o’tgan AQSh Tashqi ishlar vaziri John Kirby;

“Barcha tomonlarning, Halabdagi o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilishlarini kutamiz” dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Suriya

Aloqador xabarlar