Obama, Asad rejimini urushni to'xtatishga undadi

Obama bu borada, Vakillar majlisi va senatoga maktub yo’lladi.

484257
Obama, Asad rejimini urushni to'xtatishga undadi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama Asad rejimini, Suriyadagi ichki urushni to’xtatish kelishuvini davom ettirishga undadi.

Obama Vakillar majlisi va senatoga maktub yo’llab, Suriya haqida 2004-yili e’lon qilingan va keyingi yillarda bir necha bor yangilangan favqulodda vaziyatni uzatganligini bildirdi.

Obama o’z maktubida "rejimdan erkinlik va barcha nomidan faoliyat yuritgan hukumatni" talab qilgan Suriya xalqiga qarshi yuritilgan ayovsiz urushning nafaqat xalqqa, qolaversa mintaqaga ham ziyon berganligini belgilab o’tdi.

AQSh rahbari,

“Suriya rejimining kimyoviy va biologik qurollar orqali terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlagan harakatlariyu siyosatlari, ekstremistik faoliyatlar bilan mazhabchilikga xizmat qilmoqda. Bu vaziyat AQShning xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga qarshi katta ziyon yetkazmoqdadir. Shuning uchun ham favqulodda vaziyatning va bunga qarashli sanktsiyalarning davom etishi kerak degan fikrdamiz” dedi.  

AQShning, rejim qo’l urgan shafqatsiz shiddat va inson huquqlarining paymolini keskin qoralaganligini ta’kidlagan Obama,

 “AQSh, Asad rejimini bu shavqatsiz urushni to’xtatishga, gumanitar yordamlarning mintaqaga yetkazilishini ta’minlashga va yana-da demokratik, erkin va adolatli siyosiy o’tish davriga ruxsat berishga chaqirdi” dedi.  

Shu bilan birga AQSh Tashqi ishlar vaziri John Kirby ham, vazirlikning kundalik matbuot anjumani yig’ilishida, 1-avgustgacha Suriyadagi o’tish jarayonining boshlashini, agar boshlamagudek bo’lsa unda “boshqa yolga” murojaat qilinishi mumkinligini aytdi.  

Suriya rejimining Halab atrofidagi kasalxonalarni nishonga olishini ham qoralagan Kirby,

“Bunday hujumlarni, kimlar qo’l urushidan qat’iy nazar keskin qoralaymiz. Suriyadagi butun tomonlarning tezlik bilan shiddatdan voz kechib, javobgarchilikni o’z zimmasiga olishlarini xohlaymiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Barack Obama , #John Kirby , #Suriya rejimi

Aloqador xabarlar