Arab Davlatlari Uyushmasi, Suriyadagi hujumlarni qoraladi

Arab Davlatlari Uyushmasi, Suriyadagi hujumlarni qoraladi.

484385
Arab Davlatlari Uyushmasi, Suriyadagi hujumlarni qoraladi

Arab Davlatlari Uyushmasi, Suriyada Esad rejimi tomonidan Halab va atrofida tinch aholiga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi.

Qatarning chaqirig'i bilan, Arab Davlatlari Uyushmasi, mavzuga doir favqulodda yig'ilish o'tkazdi.

Bahrayn Bosh Vazirligida o'tkazilgan yig'ilishga, Arab Davlatlari Uyushmasi Bosh Kotibi Nebil el Arabi ham qatnashdi.

Arab Davlatlari Uyushmasi Kotib o'rinbosari Ahmed bin Hillu, yig'ilishdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida, Suriya rejimi tomonidan Halabda begunoh insonlarga qaratilgan hujumlarni qoralanini bildirdi.

Hujumlarning xalqaro kelishuvlarga zid bo'lganiga diqqat qaratgan Hillu; "BMT Xavfsizlik Kengashini, Suriya rejimining o'lkadagi hujumlarini zudlik bilan to'xtatish uchun faoliyatga o'tish va kerak bo'lgan qarorlarini berishga chorlaymiz" dedi.

Hillu, hujumlarga qo'shilganlarning, xalqaro mahkamada javobgarlikka tortish mavzusida qadam tashlash uchun xalqaro jaoatchilikka hitob qildi.

 

 



Aloqador xabarlar