UNICEF:Maktab yoshidagi 75 million bola ta’lim olishga muhtoj...

UNICEF ma’lum qilishicha, joriy yilning 23-24 may kunlari Istanbulda o’tkaziladigan Jahon insonparvarlik sammitida bolalar uchun ta'lim fondi tashkil qilinadi.

484096
UNICEF:Maktab yoshidagi 75 million bola ta’lim olishga muhtoj...

BMT qoshidagi bolalarga yordam fondi UNICEF notinch mamlakatlarda yashagan maktab yoshidagi 75 mln bola ta’lim olishga muhtoj ekanini ma’lum qildi.

UNICEF ma’lum qilishicha, joriy yilning 23-24 may kunlari Istanbulda o’tkaziladigan Jahon insonparvarlik sammitida “Ta’limni kechiktirib bo’lmaydi” nomli ta’lim fondi tashkil qilinadi.

5 yil ichida to’planadigan 4 mlrd dollar hajmidagi yordam fondi 13.6 mln bolaga ta’lim olishi uchun sarf qilinadi.

Hisobotga ko’ra, soni 462 mlndan oshgan 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarning 4 dan 1 qismi notinchlik hukm surgan davlatlarda yashaydi.

UNICEFga ko’ra, ta’lim bolalarga nafaqat shaxsiy hayotida balki, o’z yurtini insho etishiga katta imkon yaratadi.

Suriyada 5 yildan beri davom etgan urush davrida 6 mingdan ziyod maktab vayron bo’lgan.

Ukrainaning sharqidagi to’qnashuvlarda esa, maktablarning 5dan 1 qismi zarar ko’rgan yoki butunlay harobaga aylangan.

 


Tanlangan kalimalar: #UNICEF , #bola , #maktab , #ta'lim , #Suriya , #urush

Aloqador xabarlar