AQSh PYDning jasadlarini ko'rsatishini qoraladi

AQSh PYDning ko'chalarda jasadlarni hammaga ko'rsatishini qoraladi.

481195
AQSh PYDning jasadlarini ko'rsatishini qoraladi

AQSh Tashqi Ishlar Voizi Toner, terror tashkiloti PKKning davomi bo'lgan PYDning, o'ldirilgan Erkin Suriya Qo'shini a'zolarining jasadlarini Afrin ko'chalarida bir TIRning orqasiga qo'yib hammaga ko'rsatgan harakatlarini qoralaganliklarini bildirdi.

Matbuot anjumanida so'zlagan Toner, Anadolu Agentligining savolliga javoban, Halabning Tel Rifat tumanida bo'lgan PYD kuchlari bilan Erkin Suriya Qo'shini orasida sodir bo'lgan to'qnashuv oqibatida, PYDning, o'lgan muxoliflarning jasadlarini TIRning orqasiga qo'yib ko'rsatishini baholadi.

"Bunga o'xshash harakatlarni nafrat bilan qoralaymiz. Bu harakatlar, G'arbiy sohildagi guruhlar orasida taranglikka sabab bo'lmoqda" degan Toner, "AQShning Afrindagi Kurtlarni dastaklamadi" degan so'zlarini qayta tilga oldi.

Shuningdek, Anadola Agentligi muxbiriga telefon orqali ma'lumot bergan Afrinli bir kishi, PYD jangarlarining shahar markaziga moshina korvoni bilan bir TIRning orqasiga qo'ygan Erkin Suriya Qo'shini a'zolarining jasadlarini aylantirib ko'rsatganini tushuntirgan edi.

 



Aloqador xabarlar